Fransiyaning “Lill” klubi bosh murabbiyi Bruno Jenezio Chempionlar ligasi doirasidagi “Liverpul” bilan safar uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Enfild"dagi uchrashuv inglizlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Men shogirdlarimning o‘yinlaridan faxrlanaman. Menga bizning tartib-intizomimiz yoqdi. Uchrashuvni durang bilan yakunlash uchun imkoniyatlarimiz bor edi.
"Lill" bundan ham ko‘proq narsani qilishi mumkin edi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.













