"Napoli" Karim Adeyemi uchun 40 million yevrodan ko‘proq to‘lashi mumkin.
Oldinroq neapolliklar klubi vingerning transferi borasida "Borussiya" bilan muzokaralarni boshlagani ma’lum bo‘lgandi.
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 45-50 million yevrolik kelishuvni muhokama qilishmoqda. "Napoli" ham shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun futbolchining vakillari bilan bog‘langan.
Adeyemi Bundesliganing joriy mavsumida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













