Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Timur Kapadze va Ravshan Ermatov Dohada milliy jamoa a’zolari bilan uchrashdi

Timur Kapadze va Ravshan Ermatov Dohada milliy jamoa a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Dohaga yetib kelib, jamoa bilan uchrashdi.

O‘FA rahbariyati avvalo Srechko Katanchga salomatlik tilab, Milliy jamoa uchun qilgan mehnatlarini e’tirof etdi. Kuni kecha sloveniyalik mutaxassis sog‘lig‘i yomonlashgani sababli terma jamoadagi faoliyatini davom ettira olmasligi haqida assosiasiyaga xat yo‘lladi. Jamoamizni oldinda mas’uliyatli o‘yinlar kutib turgan muhim pallada yangi bosh murabbiy atrofida birlashib, azaliy orzumiz bo‘lgan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun qattiq mehnat qilib, to‘liq tayyorgarlik ko‘rish kerakligi ta’kidlandi.

Ushbu muhim vazifa aynan bir necha yillar terma jamoa sharafini himoya qilgan, murabbiylik tajribasini olgan, yoshlar bilan muvaffaqiyatli ishlab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan mutaxassis — Timur Kapadzega ishonib topshirilgani aytildi.

O‘z o‘rnida Timur Kapadze jamoa va murabbiylar shtabi bilan iliq suhbatlashib, oldimizga qo‘yilgan aniq maqsad yo‘lida bir oila bo‘lib, birgalikda harakat qilish kerakligini aytdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Timur Kapadze qo‘l ostida dastlabki mashg‘ulotlarini boshladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:59, 23.01.2025.
O'qildi: 2564 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик