Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem"ning asosiy hujumchisi jarohat sabab uzoq vaqtga safdan chiqdi

"Tottenxem"ning asosiy hujumchisi jarohat sabab uzoq vaqtga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Dominik Solanke jarohati tufayli bir oydan ko‘proq maydonga tusha olmaydi.

"Tottenxem" hujumchisi mashg‘ulot vaqtida tizzasidan jarohat olib, APLda "Everton" (2:3) va Yevropa Ligasida "Xoffenxaym" (3:2) bilan o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

The Times xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisi olti haftaga safdan chiqqan. U Liga kubogi yarim finalida "Liverpul"ga qarshi javob o‘yinini, Angliya kubogi doirasida "Aston Villa"ga va APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Joriy Angliya chempionatida Solanke 18 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan. Faqat Jeyms Maddison "shporlar" safida ko‘proq gol urgan - 8 ta.

Kiritildi: 11:24, 24.01.2025.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик