"Barselona" sport direktori Deku "Al-Hilol" hujumchisi Neymarning kataloniyaliklar safiga qaytishiga baho berdi.
"Neymarning o‘tgan yozda "Barselona"ga qaytishi amalda imkonsiz edi. U katta talablar qo‘yilgan futbolchi. Shunday bo‘lsa-da, futbolda hech qachon hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi", - dedi portugaliyalik funksioner.
Hozirda 32 yoshli Neymar "Santos"ga o‘tishga yaqin turibdi.













