"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike vinger Xvicha Kvarasxeliyaning fransuz klubidagi debyuti haqidagi savolga javob berdi.
"Futbolchini sotib olsangiz, u jamoani yaxshilashiga ishonasiz. U qachon maydonga tushishini bilmayman, bu mashg‘ulotlarga bog‘liq. Jamoaning saviyasi tufayli bu juda qiyin. Jismoniy jihatdan u juda yaxshi. Mashg‘ulotlarda u bilan hech qanday muammo ko‘rmadik", - deydi Enrike.
"PSJ" 17 yanvar kuni Kvarasxeliya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Mehnat shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.













