Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi o‘rtoqlik uchrashuvida "Rostov"ga mag‘lub bo‘ldi. Juma kuni BAAda bo‘lib o‘tgan o‘yin 3:0 hisobida Valeriy Karpin shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi.
Don klubi safida Nikolay Komlichenko, Muhammad Mohebi va Egor Golenkov gol urishdi.













