Kayl Uoker "Manchester Siti"ni tark etdi.
"Milan" himoyachining ijaraga olinganini e’lon qildi. Sotib olish imkoniyati mavjud. "Rossonerilar" angliyalikni 5 million yevro evaziga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.
Uoker yangi jamoasida 32-raqamda harakat qiladi.
34 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLda 15 o‘yin o‘tkazdi.