Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘FA rahbariyati Dohada O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati Dohada O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+2 | -

Ayni kunlarda Farhod Nishonov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Dohada Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Xitoy mezbonlik qiladigan musobaqada jamoamiz guruh bosqichida Indoneziya, Yaman va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘FA rahbariyati kecha yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi. Unda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, O‘zbekiston turnirning amaldagi g‘olibi ekanligi, terma jamoa bu gal ham musobaqada munosib ishtirok etgan holda Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi zarurligi ta’kidlandi. Bu borada assosiasiyasi tomonidan barcha sharoitlar tashkil etib berilgani aytildi. Bir jamoa bo‘lib, ahillikda yuqori natija qayd etishlariga ishonch bildirildi.

"Bu kabi musobaqalar siz uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochib, keyingi professional faoliyatingizda ulkan burilish yasashi mumkin. Buni Abduqodir Husanov misolida ham ko‘rishimiz mumkin. U aynan Osiyo kubogidagi yorqin o‘yinlari orqali xorijiy klublar e’tiboriga tushgandi", — dedi Ravshan Irmatov.

O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o‘tishdi. Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminizasiyalash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotini davom ettirish ko‘rsatmasi berdi.

Ma’lumot uchun, jamoamiz bugun Dohadagi yig‘inni yakunlab Toshkentga yo‘l oldi. 27 yanvar kuni esa musobaqa oldidan so‘nggi yig‘inni o‘tkazish uchun Xitoyga jo‘nab ketadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:56, 25.01.2025.
O'qildi: 1612 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.