"Manchester Yunayted" Kristofer Nkunkuni ijaraga olishi mumkin.
«Sky Sports» jurnalisti Dxarmesh Shetning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. U to‘liq transferni dargumon deb hisoblamoqda.
Nkunku - "Manchester Yunayted" tomonidan ko‘rilayotgan bir necha hujumchilardan biri. "Chelsi"ning Alexandro Garnachoga qiziqishi saqlanib qolmoqda.
Nkunku joriy mavsumda Premyer-ligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.













