Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Damir Temirov: “Mashg‘ulotlar a’lo darajada, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman”

Damir Temirov: “Mashg‘ulotlar a’lo darajada, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman”

Baho:
+ | -

Ma’lumki, «Andijon» Antaliyada yangi mavsum uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Tarkib ham shakllantirilmoqda. Yaqinda iste’dodli yarim himoyachi Damir Temirov bilan shartnoma imzolanganligi xususida rasmiy xabar berib o‘tdik.

O‘tgan yili ikkinchi davrada jamoaga qo‘shilgan futbolchi o‘zidan iliq taassurot qoldirdi. Muxlislar mehrini ham qozondi. O‘shanda u «Dinamo»dan ijaraga kelgandi. Endilikda esa Temirov yangi mavsumda to‘laqonli ravishda «Andijon» futbolchisiga aylandi.

Futbolchi «Burgutlar» bilan birga Antaliyadagi yig‘inda faol ishtirok etmoqda. Klub matbuot xizmati esa mazkur o‘yinchi bilan ayrim masalalarda suhbatlashdi.

— Damir yangi mavsumda siz endi to‘laqonli ravishda «Andijon» a’zosiga aylandingiz. O‘tgan yili ijara hisobida o‘ynagansiz. Bu yil yana «Andijon»ga qaytishingizni asosiy sabablari nima bilan bog‘liq bo‘ldi?

— «Andijon»ga qaytib kelishimni asosiy sababi, bu — murabbiy va albatta klubning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridir.

— Jamoa bilan Antaliya yig‘inida qatnashyapsiz. Bu yerdagi mashg‘ulotlar qanday kechyapti va o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

— Aytishim joizki, mashg‘ulotlar a’lo darajada va bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.

— Siz o‘ynaydigan pozisiyada o‘zingiz uchun qaysi futbolchini namuna qilib ko‘rsata olasiz?

— Jamoamda bu — Iskandar Shoyqulov, Yevropada esa albatta Kevin De Bryuyne.

— Bilasiz, «Andijon» ilk bor OCHLda qatnashadi va bunday imkoniyat sizda ham ilk bor amalga oshadi. «Burgutlar»ni ushbu turnirda imkoniyatini qanday baholaysiz?

— O‘z oldimga har doim maksimal vazifa qo‘yaman. Niyatni to‘g‘ri qilsak, Xudo xohlasa chempion bo‘lishimiz ham hech gap emas.

— «Andijon»dagi yarim mavsumlik faoliyatingiz unutilmas bo‘ldi, Kubok qo‘lga kiritildi. Shunday ekan, siz kelganingizda nimani istagandingiz?

— Allohdan qirday so‘rasang, tog‘dek beradi, degani rost ekan. Albatta, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ham kelgan edim. Hammasi juda ajoyib kechmoqda.

— Antaliyadagi yig‘in juda muhim. Doim yilning shu vaqtida klublarimiz shu yerga kelishadi. Sizga eng ko‘p yoqadigani nima?

— Menga yoqadigan narsa bu — iqlim, maydon va yaxshi sparring-raqiblar.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 08:40, 27.01.2025.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.