Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Bavariya"ning Noyer bo‘yicha rejasi ma’lum bo‘ldi

"Bavariya"ning Noyer bo‘yicha rejasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" Manuel Noyerga o‘rinbosar topish ustida ishlamoqda.

Myunxenliklar sardori mart oyida 39 yoshga to‘ladi, biroq u birinchi raqamli futbolchi maqomini saqlab qoladi va tez orada shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirishi kutilmoqda.

Dushanba kuni "Bavariya" 21 yoshli Yonas Urbig transferini yakunladi, u Noyerning keyingi yillardagi o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda.

Yulduzli faxriyni uzoq muddatga almashtirish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Bild xabariga ko‘ra, Bundesliga giganti 2026 yilda asosiy tarkibni egallashi mumkin bo‘lgan darvozabon nomzodlarini qidirmoqda.

“Brayton” futbolchisi Bart Verbryuggen yetakchi variantlardan biri hisoblanadi. Agar Yonas Urbig, Aleksandr Nyubel va Daniel Peres keyingi bir yarim yil davomida asosiy tarkibda o‘ynashga yaroqliligini isbotlay olmasa, niderlandiyalik futbolchi "Bavariya"ning transfer maqsadiga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 08:12, 28.01.2025.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик