"Milan"ga yangi kelgan Kayl Uoker hujumchi Rafael Leau haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
Angliyalik himoyachi o‘tgan haftada "rossonerilar" safiga qo‘shildi. A Seriya klubi 34 yoshli futbolchini “Manchester Siti”dan sotib olish opsiyasi bilan ijaraga oldi.
"Rafaning (Leau) o‘yini haqida ortiqcha gapirishga o‘rin yo‘q. Uning ko‘p o‘yinlarini ko‘rganman – u menga Bernardu Silvani eslatadi.
Rafa dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanishga harakat qiladi", - dedi Uoker.