Joze Mourinyo kelasi yozda hujumchi Vinisius Juniorni "Real"dan sotib yubormoqchi yoki tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. ESPN nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis, OAVdagi mish-mishlarga qaramay, jamoaga tayinlangan taqdirda braziliyalik futbolchining madridliklar klubidan ketishini talab qilmagan.
Forvardga yaqin bo‘lgan insonlar klub ichidan Mourinyo Vinisiusga murabbiylik qilishdan mamnun bo‘lishi va jamoaga kelishidan oldin futbolchini juda yuqori baholayotgani haqida xabarlar olishgan.
Vinisius Junior 2018 yilda "Flamengo"dan "Real"ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













