Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya terma jamoasi a’zosi Saudiyadan tushgan 18 million yevro maoshlik shartnomani rad etdi

Ispaniya terma jamoasi a’zosi Saudiyadan tushgan 18 million yevro maoshlik shartnomani rad etdi

Baho:
+ | -

Aleks Baena Saudiya Arabistoniga o‘tishni rad etdi.

Oldinroq "Al-Ahli" "Vilyarreal" vingerini 60 million yevroga sotib olishga tayyor ekani ma’lum bo‘lgandi. Kelishuv futbolchining qaroriga bog‘liq edi.

«Relevo» xabariga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik Saudiya klubini rad etgan. Bunday qarorga kelishining sabablaridan biri Baenaning transfer oynasi ochilishi oldidan "Vilyarreal" prezidenti Fernando Rochaga bergan vadasi bo‘ldi: futbolchi qishda jamoani tark etmasligiga so‘z berdi.

Qayd etilishicha, "Al-Ahli" Aleksga yiliga 18 million yevro maosh taklif qilgan. Biroq futbolchi hozirgi klubini tushkunlikka tushirishni istamadi.

Kiritildi: 10:24, 31.01.2025.
O'qildi: 1607 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик