Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shevchenko UYEFAda ish boshlashi mumkin

Shevchenko UYEFAda ish boshlashi mumkin

Baho:
+ | -

UFA prezidenti Andrey Shevchenko UYEFA Ijroiya qo‘mitasi lavozimlaridan biriga da’vogarlik qilmoqda. Tegishli qaror Ukraina assosiasiyasi tomonidan qabul qilindi.

31 yanvar, juma kuni Ukraina futbol assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot prezidenti Andrey Shevchenkoni UYEFA Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga ko‘rsatishga qaror qilindi, deb yozadi UFA.

Ukrainalik futbol afsonasi UYEFA Ijroiya qo‘mitasidagi ikki lavozimdan biriga da’vogarlik qiladi. Vakolat muddati - ikki yil.

Bundan tashqari, Ijroiya qo‘mitasi 2025 yil 3 aprel kuni Serbiya poytaxti Belgradda bo‘lib o‘tadigan UYEFAning 49-kongressiga UFAdan uchta delegatni sayladi. Ukrainadan UFA prezidenti Andrey Shevchenko, UFA vise-prezidenti Aleksandr Shevchenko va UFA bosh kotibi Igor Grishchenko ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Shevchenko 2024 yilning 25 yanvarida UFA prezidenti etib saylangan edi. Bu lavozimda u Andrey Pavelko o‘rnini egalladi.

UFAning yangi rahbari FIFA va UYEFA rahbariyati orasida katta obro‘ga ega. O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan UYEFAning 48-kongressida 2004 yilgi "Oltin to‘p" sohibi UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin va FIFA raisi Janni Infantino bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Kiritildi: 15:09, 01.02.2025.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.