"Borussiya" Bundesligada 5 ta o‘yinda ilk bor g‘alaba qozondi.
Mayk Tullberg boshchiligidagi jamoa Germaniya chempionatining 20-turida "Xaydenxaym"ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Bu dortmundliklarning ligadagi so‘nggi 5 o‘yindagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Bu davrda ular 3 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va bir marta durang o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, ertadan boshlab "Borussiya"ning yangi bosh murabbiyi Niko Kovach jamoa bilan ish boshlaydi.













