"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohat oldi. Futbolchi La Liganing 22-turida “Alaves”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida almashtirildi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Gavi “Alaves” hujumchisi Xose Konetsni boshi bilan to‘qnashib ketdi. Har ikki futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Gavi boshidan jarohat olgani sababli uchrashuvni davom ettira olmadi.
14-daqiqada Gavi o‘rniga Fermin Lopes maydonga tushdi.













