"Manchester Siti" so‘nggi yillarda APLda eng yomon natijalarini ko‘rsatmoqda.
Pep Gvardiola jamoasi 24-turda o‘z maydonida "Arsenal"ga mag‘lub bo‘ldi (1:5).
Joriy Angliya chempionatida "shaharliklar" 7 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishgan. Oxirgi marta ular 2019/20 yilgi mavsumda ikkinchi shunday ko‘rsatkichga erishgan va yakunda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Keyingi mavsumlarda jamoa biror marta oltidan ortiq mag‘lubiyatga uchramagan.













