Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pioli iste’fosidan so‘ng "Milan" "Inter"ga yutqazmayapti

Pioli iste’fosidan so‘ng "Milan" "Inter"ga yutqazmayapti

Baho:
+ | -

"Milan" Stefano Pioli ketganidan beri "Inter"ga mag‘lub bo‘lmadi.

Bugun Serjiu Konseysau boshchiligidagi "rossonerilar" A seriyada "neradzurrilar" bilan ochko bo‘lishdi (1:1). 6 yanvar kuni Italiya Superkubogi finalida ular derbida 3:2 hisobida zafar quchgan edi.

"Milan" 22 sentyabr kuni Paulu Fonseka qo‘l ostida ham "Inter"ni mag‘lub etgandi (2:1) - bu Simone Indzagi jamoasining joriy chempionatdagi yagona mag‘lubiyati.

Ushbu mavsumgacha "qizil-qoralar" ketma-ket olti derbida mag‘lub bo‘lishgandi - bu antirekord seriyasining takrorlanishi. Bu davrda jamoani Stefano Pioli boshqargan.

Kiritildi: 00:31, 03.02.2025.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик