"Milan" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau ishdan bo‘shatilishi haqidagi ma’lumotga munosabat bildirdi.
"Turli mish-mishlar tarqalmoqda, lekin men endigina keldim. Yuklarim hali mashinada turibdi, meni esa allaqachon jo‘natib yuborishmoqchi. Ko‘p shovqin-suron bo‘ldi, ammo ba’zi narsalar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.













