Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

"Al-G‘arafa" - "Paxtakor". 7-to‘qnashuv oldidan prevyu

"Al-G‘arafa" - "Paxtakor". 7-to‘qnashuv oldidan prevyu

Baho:
+ | -

4 fevral kuni "Paxtakor" Qatarda "Al-G‘arafa"ga qarshi Elit Chempionlar Ligasi 7-tur o‘yinida maydonga tushadi.

Ushbu raqib bilan barcha o‘yinlar Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida kuzatilgan. 2002 yil 3-saralash raundida Doxada 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Sherlar" Toshkentda raqibni 3:0 hisobida dog‘da qoldirishgan. 2008 yil guruh bosqichida esa safarda 2:2 natijasi qayd etilgan. Toshkentda "Paxtakor" yana raqibdan kuchliroq ekanini isbotlagan - 2:0.

2010 yil nimchorak finalda "G‘arafa" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2018 yil pley-offda ham o‘z uyida raqib 2:1 hisobida zafar quchgan. Hozircha o‘zaro to‘qnashuvlarda 2 g‘alaba, 1 durang hamda 3 mag‘lubiyat kuzatilgan. Gollar urish bo‘yicha ustunlik biz tomonda, 11-9.

“Paxtakor”ning Qatarning 6 klubiga qarshi jami 19 uchrashuvda maydonga tushgan. “G‘arafa” bilan eng ko‘p duch kelgan – 6 bor. "Sadd" va "Duxayl" bilan to‘rt martadan, “Qatar” SK va “Arabi” bilan ikkitadan, "Rayyan" bilan bir uchrashuv o‘tkazilgan. Bu o‘yinlarda 5 g‘alaba, 5 durang va 9 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 26 marta ishg‘ol qilinib, 30 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

"Al-G‘arafa" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 4 fevral, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Quyida ”Paxtakor” bilan to‘qnash kelgan Qatar klublari va natijalar aks etgan.

“Al-G‘arafa” - 3:0, 3:4, 2:2, 2:0, 0:1, 1:2
“Qatar” SK - 1:0, 0:0
“Al Sadd” - 1:1, 1:2, 2:2, 1:2
“Al Arabi” - 3:1, 1:0
“Duxayl” - 1:3, 2:2, 2:3, 0:3
"Rayyan" - 0:1.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:59, 03.02.2025.
O'qildi: 2959 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.