Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Real» «Espanyol» bilan o‘yindagi hakamlik bo‘yicha RFEFga shikoyat yo‘lladi

«Real» «Espanyol» bilan o‘yindagi hakamlik bo‘yicha RFEFga shikoyat yo‘lladi

Baho:
+-2 | -1

«Real» «Espanyol» bilan o‘yinda hakamlik bo‘yicha Ispaniya futbol federasiyasiga rasmiy shikoyat arizasini topshirdi.  

Eslatib o‘tamiz, «Madrid» La Liganing 22-turida «Espanyol»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.  

Hakam Alexandro Munis Ruis «Real»ning qarshi hujumi paytida Kilian Mbappega orqadan shturm bilan yopishgan himoyachi Karlos Romeroga sariq kartochka ko‘rsatgan.  

Shuningdek, 21-daqiqada Vinisius Junior urgan gol bekor qilingan — bu gol oldidan Kilian Mbappe Pol Losanoni yiqitgan va u yerga yotib qolgan.  

«Real» o‘z rasmiy saytida Korollik Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) va Sport bo‘yicha Oliy kengashga (CSD) yo‘llangan rasmiy shikoyatni e’lon qildi:  

RFEF prezidenti Rafael Lusanuga:

“Espanyol”ga qarshi o‘yinda hakamlar faoliyati bilan bog‘liq tizimli muammolar bo‘yicha rasmiy norozilik bildirish.  

Bu o‘yinda sodir bo‘lgan voqealar oddiy inson xatosi yoki hakam interpretasiyasi doirasidan chiqib ketgan. Bu holat “Real”ga qarshi qarorlar orqali musobaqaga ta’sir ko‘rsatish darajasiga yetgan, bunday holatni endi inkor etib bo‘lmaydi.  

Ushbu o‘yindagi eng muhim ikki hakamlik qarori yana bir bor “Real”ga nisbatan ikki tomonlama standartlar mavjudligini ko‘rsatdi.  

60-daqiqada “Espanyol” futbolchisi tomonidan Kilian Mbappega orqadan tashlandi va ui tepib yiqitdi. Bu holat futbol qoidalariga ko‘ra darhol maydondan chiqarib yuborilishni talab qiladi. Bu futbolchi keyinchalik jamoasiga g‘alaba golini kiritdi. Har qanday boshqa musobaqada bu kabi xatti-harakatlar qat’iy jazolangan bo‘lardi, ammo hakam Munis Ruis faqat sariq kartochka bilan cheklangan, VAR hakami Xavyer Iglesias Vilyanueva esa bu holatga e’tibor bermagan.  

Vaziyatning jiddiyligini inobatga olgan holda, «Real» RFEFdan quyidagi muhim ikki epizod bo‘yicha VAR orqali hakamlar o‘rtasidagi muloqot yozuvlarini taqdim etishini talab qiladi:  

- Karlos Romero tomonidan amalga oshirilgan shturm paytida VAR va maydondagi hakam o‘rtasidagi muloqot;  

- Vinisius Juniorning bekor qilingan goli vaqtida VAR va maydondagi hakam o‘rtasidagi muloqot;  

- Ushbu ikki vaziyat bo‘yicha VAR hakamlarining o‘z orasidagi muzokaralari»,

— deyiladi «Real»ning rasmiy bayonotida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:02, 03.02.2025.
O'qildi: 3038 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.