Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Ligada ikki hakamga nisbatan chora ko‘rildi

La Ligada ikki hakamga nisbatan chora ko‘rildi

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Espanyol” – “Real” o‘yinidan so‘ng La Liganing ikki hakami faoliyatidan chetlashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni Alexandro Munis Ruis boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Aynan u, shuningdek, VAR tizimida ishlagan Ignasio Vilyanuyeva Ispaniya chempionati hakamlar texnik qo‘mitasi rahbari Luis Medina Kantalexo tomonidan chetlatildi.

Ispaniyalik hakamlar korpusi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ruis “Espanyol” himoyachisi Karlos Romeroni “Los-Blankos” hujumchisi Kilian Mbappega nisbatan qo‘pollik ishlatganidan so‘ng yetarlicha jazolamagan, deb xabar bermoqda AS nashri.

Jarayon "Real Madrid" Romeroga faqat sariq kartochka berilgani uchun shikoyat qilganidan keyin boshlandi. Aynan Romero "Espanyol"ga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 08:59, 05.02.2025.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик