Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Liverpul” yetakchilaridan biri Liga kubogi yarim finalini o‘tkazib yuboradi

“Liverpul” yetakchilaridan biri Liga kubogi yarim finalini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

“Liverpul” yetakchilaridan biri “Tottenxem”ga qarshi Angliya Liga kubogi yarim finalining javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Arne Slot o‘yin arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Ha, Trent Aleksandr-Arnold ertangi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. U yakshanba kuni o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi, ko‘rishimiz kerak. Lekin biz bilganimiz shuki, u ertaga maydonga tushmaydi. U o‘tgan o‘yinda oyog‘ida ozgina og‘riq bilan maydonni tark etdi. U individual tarzda shug‘ullangan, ammo jamoa bilan emas, shuning uchun ko‘ramiz.

Jamoaning qolgan barcha o‘yinchilari to‘liq tayyor va ular o‘yinda ishtirok etishlari mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Slot.

Liga kubogi yarim finali doirasidagi "Liverpul" va "Tottenxem" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:39, 05.02.2025.
O'qildi: 1060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик