Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Grizmann hakamlik mojarolari haqida: «Bu bema’nilikni to‘xtatish kerak»

Grizmann hakamlik mojarolari haqida: «Bu bema’nilikni to‘xtatish kerak»

Baho:
+3 | -

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann La Ligadagi hakamlik mojarolari haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Menimcha, bu bema’nilikni to‘xtatishimiz kerak, chunki bu aynan shunday. Shov-shuv ko‘tariladimi yoki yo‘q — bu jurnalistlarga bog‘liq. Agar ular buni muhokama qilmasa, klublar bayonot bersa-yu, hech kim bunga e’tibor bermasa, hakamlarga bosim ham kamayadi.

Hozir istalgan hakam, ismi va tajribasidan qat’i nazar, har qanday stadionga qo‘rqqan holda keladi, chunki har bir xatosi diqqat markazida bo‘ladi. Bu yaxshi emas. Hakamlar o‘yinga shunday ruhiy holatda tayyorgarlik ko‘rishlari to‘g‘ri emas. Biz ularni tinch qo‘yishimiz kerak. Ular maydonda bizga chidashadi, lekin maydon tashqarisida ham shunday bo‘lishi kerak emas.

Buning uchun hamma aybdor – klublar, prezidentlar, jurnalistlar... Hakamlar bu bema’nilikdan charchagan», – dedi Grizmann Movistar Plus’ga bergan intervyusida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:25, 06.02.2025.
O'qildi: 959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик