"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Ispaniya kubogi finalidagi raqibi haqidagi savolga javob berdi.
Payshanba kuni kataloniyaliklar chorak final uchrashuvida "Valensiya"ni mag‘lub etishdi (5:0). “Real”, “Atletiko” va “Real Sosyedad” ham yarim finalga yo‘llanma oldi.
"El-klasiko" yarim finalda bo‘ladimi? Bizga kim bilan uchrashish qiziq emas. O‘ylaymanki, biz hamma bilan raqobatlasha olishimizni allaqachon isbotladik", — deya Lopesning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.













