"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni Ispaniya kubogi chorak finalida "Valensiya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (5:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz hujumda juda agressivmiz va uyushqoqlik bilan harakat qilamiz.
Bizga qarshi o‘ynash qiyinligini bilaman. Ishimni osonlashtirgan o‘rtoqlarimga minnatdorchilik bildiraman.
5:1 yoki 5:2 emas, 5:0 hisobida g‘alaba qozonganimiz ma’qul.
"Toza" o‘yinlar ishonch bag‘ishlaydi, men uchun bu juda muhim - gol o‘tkazib yuborishni yoqtirmayman", - dedi Shesni o‘z intervyusida.













