"Valensiya" Ispaniya kubogi tarixidagi o‘z uyidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qildi.
Payshanba kuni levantinliklar chorak final uchrashuvida "Barselona"ga mag‘lub bo‘lishdi (0:5).
"Valensiya"ning turnirdagi avvalgi antirekordi 1950/51 yilgi mavsumda o‘rnatilgan - 1/8 finalda "Mestalya"da "Real"ga qarshi o‘yinda 1:5 hisobi qayd etilgandi.













