Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

"Manchester Siti" yana APL bilan sudlashmoqchi

"Manchester Siti" yana APL bilan sudlashmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yana Premyer-liga bilan sudlashmoqchi.

2024 yil yozi boshida "shaharliklar" homiylar bilan ishlash qoidalari bo‘yicha ligaga qarshi "misli ko‘rilmagan" da’vo arizasi – uni "ko‘pchilikning zulmi" va "kamsitish"da ayblagani ma’lum bo‘ldi. Klub muvaffaqiyatga erishdi, mustaqil komissiya ba’zi qoidalarni "noqonuniy" deb topdi. Noyabr oyida liga jamoalarining aksariyati reglamentga bir qator tuzatishlar kiritish uchun ovoz berishdi.

The Times nashrining yozishicha, "Manchester Siti" bu natijadan qoniqmagan va yana sudga murojaat qilmoqda. Qayd etilishicha, mamlakatning amaldagi chempionlari Premyer-ligani mustaqil komissiya o‘z xulosalarini to‘liq tushuntirmasdan oldin, liga o‘zgartirishlarni qabul qilishga "shoshadigan" bo‘lsa, sud jarayonlari davom etishi haqida ogohlantirgan.

Tushuntirishlar fevral oyida e’lon qilinishi kerak, ammo "shaharliklar" hozir harakat qilishga qaror qilishdi. "Manchester Siti"ning huquq bo‘yicha bosh direktori Saymon Kliffning aytishicha, Premyer-liga tribunal qarorini noto‘g‘ri talqin qilgan.

Klub yangi sud jarayonini talab qildi. Sud jarayonini "Manchester Siti"ning 115 moliyaviy qonunbuzarlik ayblovlarini himoya qiluvchi advokat Devid Pannik nazorat qilishi kerak.

The Times nashri Premyer-liga bosh direktori Richard Masters klublarni "Manchester Siti"ning harakatlari haqida xabardor qilgan xatni ko‘rdi.

"20 yanvar kuni "Manchester Siti" tegishli tomonlar bilan bitimlar bo‘yicha qoidalarga e’tiroz bildirish uchun navbatdagi arbitraj ishini boshladi. Yangi bahs 2024 yil 22 noyabrdagi aksiyadorlar yig‘ilishida tasdiqlangan tuzatishlar bilan bog‘liq. "Manchester Siti" tranzaksiyalarning amaldagi qoidalarini noqonuniy va haqiqiy emas deb topishni talab qiladi", - deyiladi hujjatda.

Kiritildi: 21:40, 07.02.2025.
O'qildi: 1286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.