"Real", "Milan" va Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kaka Marseloning faoliyatini yakunlayotgani haqidagi xabariga javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli braziliyalik futbolchi 6-fevral kuni futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.
"Kelajakda katta muvaffaqiyatlar tilayman va afsonalar jamoasiga xush kelibsan!" – deb yozdi Kaka ijtimoiy tarmoqlarida.













