Usmon Dembele qatorasiga 7-uchrashuvida gol urdi.
"PSJ" vingeri Liga 1ning 21-turida "Monako"ga qarshi kechgan o‘yinning 57-daqiqasida gol urdi, unga Dezire Due assistentlik qildi. 90-daqiqada u dublni nishonladi.
Fransiyalik futbolchi 2025 yil boshidan buyon har bir o‘yinda kamida bittadan gol urdi. 15 dekabrdan buyon u barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda 16 ta gol urdi, shu jumladan, ikkita xet-trik.













