Lukas Vaskes jarohat oldi va "Siti"ga qarshi o‘yin uchun tarkibdan chiqarildi.
U taxminan 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi. Vaskesga chap oyoq son mushaklari cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan.
Shu tariqa "Real"ning himoyadagi jarohat olgan futbolchilari yana bittaga ko‘paydi. Avvalroq, Karvaxal, Militao, Ryudiger, Alabalar jarohat olgandi.













