Milanning “Inter” klubi A Seriyaning 24-turida “Fiorentina”ni mag‘lub etdi (2:1).
"Neradzurrilar" 28-daqiqada raqibning avtogoli evaziga hisobni ochishdi, ammo mehmonlar tanaffusga biroz vaqt qolganida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Marko Arnautovich “Milan”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
"Birgalikda sa’y-harakatlar bilan erishilgan muhim g‘alaba. Muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashdi.
Arnautovich nihoyat gol ura olganidan xursandman, u bunga loyiq edi. Biz "Fiorentina"ga qarshi so‘nggi o‘yindan keyin tanqidlarga e’tibor bermadik.
Bugun yigitlar ajoyib o‘yin o‘tkazishdi, garchi bu oson bo‘lmadi, chunki raqib juda chuqur himoyalandi", - dedi Indzagi.













