"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines "Atletiko" sharafini himoya qilayotgan Xulian Alvares bilan hazillashdi.
Alvaresning "Real Madrid" darvozasiga panenka uslibida penalti ijro etgani aks etgan «Instagram» post izohida Martines:
"Agar menga shunday zarba beradigan bo‘lsang, ortingdan quvlab uraman", - deb izoh qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Madrid derbisi 1:1 hisobida yakunlandi. "Real"dan javob golini Kilian Mbappe kiritdi.














