"Bornmut" hujumkor yarim himoyachisi Jastin Klyuyvert Professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) tomonidan Premyer-ligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan oy davomida APLning 4 ta o‘yinida 5 ta gol urib, 2 ta assist berdi.













