"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden "Barselona" yosh yulduzi Lamin Yamal haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Uning menga yoqadigan tomoni - u futboldan zavqlanadi, doim tabassum qilib yuradi va unga bosim tushmaydi tanqidlarga e’tibor bermaydi. Haqiqiy futbolchi aslida mana shunday bo‘lishi kerak", - dedi Foden.













