Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Freestyle Chess. Sindarov o‘yin so‘ngida Karuanani mag‘lub etish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Freestyle Chess. Sindarov o‘yin so‘ngida Karuanani mag‘lub etish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Baho:
+1 | -

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida "2025 Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasida hal qiluvchi pallaga kirdi.

Javohir Sindarov bugun yarim finalning ilk bahsini o‘tkazgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov 5-8-o‘rinlar uchun o‘yinlarga kirishdi.

Sindarov jahonning uchinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Shaxmatchilar butun o‘yin davomida yuqori aniqlik namoyish etishdi va o‘yin oxiriga qadar tenglik saqlanib turdi. 46-yurishda esa AQSHlik shaxmatchi piyoda bilan juda noaniq yurishni amalga oshirdi. Ammo hamyurtimiz o‘yinni g‘alabaga olib boruvchi yo‘lni topa olmadi. Bunga esa, albatta, vaqt kamligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Natijada tomonlar durangga imzo chekishdi. Javohir ertaga oq donalarda o‘ynaydi.

Nodirbek Abdusattorov bugun fransiyalik Alirizo Firuzjaga qarshi oq donalarda o‘ynadi. 15-yurishga kelib kompyuter o‘zbekistonlik sportchining g‘alaba qozonish imkoniyatini yuqori baholayotgan edi. Ammo bir nechta noaniq yurishlar tufayli 25-yurishga kelib vaziyat tenglashib qoldi. 43-yurishga kelib tomonlar durangga imzo chekishdi. Grossmeyterlar o‘rtasida ertaga javob o‘yini o‘tkaziladi.

Darvoqe, yarim finalning ikkinchi o‘yinida Vinsent Keymer, kutilmaganda, Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mukofot jamg‘armasi — 750.000 dollarga teng. G‘olib shaxmatchiga 200.000 dollar beriladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:14, 11.02.2025.
O'qildi: 3340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик