Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Freestyle Chess. Sindarov Karuanani mag‘lub etishga juda yaqin keldi, ammo «armagedon» partiyada imkoniyatni boy berdi

Freestyle Chess. Sindarov Karuanani mag‘lub etishga juda yaqin keldi, ammo «armagedon» partiyada imkoniyatni boy berdi

Baho:
+1 | -

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida "2025 Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasida yarim final bosqichi yakuniga yetdi.

Javohir Sindarov va Fabiano Karuana o‘rtasidagi to‘qnashuv naq 7 partiya davom etdi. Klassik formatdagi ikki o‘yin durang bilan yakunlangach, tomonlar dastlab rapid formatida (10+10) ikkitadan o‘yin o‘tkazishdi. Ularda ham durang qayd etildi.

Keyin navbat blis formatiga berildi (5+3). Ularning dastlabkisida Sindarov g‘alaba qozondi. Javob o‘yinida hamyurtimizni durang ham qanoatlantirardi. O‘yin so‘ngida Sindarov hatto g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo vaqt juda qisqaligida u aniq yurishni topa olmadi va himoyadagi Farzinini olislarga olib ketib qoldi. Farzin himoyaga qayta olmagach, Karuana g‘alaba qozondi va hisobni tenglashtirdi.

"Armagedon" partiyada esa Sindarovga oq donalar tushdi va unga g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yildi (qoralarni durang ham qanoatlantiradi). Ammo Javohir bu ishni eplay olmadi. Natijada AQSHlik sportchi finalga yo‘l oldi. Unga Vinsent Keymer raqiblik qiladi.

Sindarov esa 3-o‘rin uchun Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Abdusattorov esa 5-o‘rin uchun Xikaru Nakamuraga to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mukofot jamg‘armasi — 750.000 dollarga teng. G‘olib shaxmatchiga 200.000 dollar beriladi. Finalchi 140.000 dollarga ega bo‘lsa, 3-o‘rin egasiga 100.000 beriladi. 4-o‘rin egasi 60.000, 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi esa 50.000 dollar bilan uyga qaytadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:46, 13.02.2025.
O'qildi: 2395 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.