"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen jamoani tark etishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Ferran Martines xabar berdi. Manbaga ko‘ra, "Barselona" yozda 28 yoshli futbolchi bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor.
U jamoaga tekin transfer sifatida qo‘shilgani uchun har qanday potensial sotuv kataloniyaliklar uchun foydali bo‘ladi, deya ta’kidladi manba.