Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Aleksandr Xomyakov: «Hozir natija muhim emas»

Aleksandr Xomyakov: «Hozir natija muhim emas»

Baho:
+ | -

Kecha «Andijon» klubi «Zlin» (Chexiya) va «Shaxtyor»ga (Qozog‘iston) qarshi nazorat uchrashuvlarida qatnashdi. Jamoamiz dastlab 0:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa, ikkinchisida 2:0 natijasi bilan g‘alaba qozondi.

Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mazkur o‘yinlar xususida klub matbuot xizmatiga taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ushbu yig‘in chog‘ida natija muhim ahamiyatga ega emas. O‘yinga mazmun olib kirish, mashg‘ulotlardagi ishlanmalarni amalga oshirish muhim sanaladi. Afsuski, birinchi o‘yinda ishlanmalarimizni hech qaysisi o‘xshamadi, passiv harakatlandik. Hujumlar tashkil qilishda oqsadik. 90 daqiqa davomida bor yo‘g‘i bir marotaba burchak to‘pi ishladik. Umumiy olganda, hech narsa o‘xshamadi. Raqib bizdan kuchli ko‘rindi va shunga yarasha g‘alaba qozondi.

Ikkinchi o‘yinda esa birinchi uchrashuvdan farqli o‘laroq xohish va iroda borligini ko‘rdim. Bir qancha ishlanmalarni amalda qo‘lladik. Ko‘plab vaziyatlar yarata oldik. Yana aytaman, hozir natija muhim emas. Qanday yo‘nalishda ishlayotgan bo‘lsak, uni yaxshilashga va o‘z o‘yinlarimizni yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapmiz”.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 22:30, 14.02.2025.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик