Fransiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa vingeri Usmon Dembelening hozirgi o‘yiniga qo‘shgan hissasiga baho berdi.
"Men Usmonga Chempionlar ligasi doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga ruxsat bermadim. Bu men bir yil ichida qabul qilgan eng yaxshi qaror edi. Garchi bundan keyin meni ko‘p tanqid qilishdi. Qolganini Dembele o‘zi bajardi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.
2025 yilda Dembele 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.













