Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amorim: "Hali qiladigan ishlar ko‘p"

Amorim: "Hali qiladigan ishlar ko‘p"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim mavsumni "Chelsi"da ijara asosida o‘tkazayotgan vinger Jeydon Sancho haqida gapirdi.

“Ko‘klar” angliyalikni sotib olishi deyarli aniq: mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, agar London jamoasi APL turnir jadvalida 15-o‘rindan past bo‘lmagan o‘rinni egallasa, to‘liq transfer amalga oshadi.

Shunga qaramay, jurnalistlar “qizil iblislar” menejeridan futbolchining qaytishi haqida so‘rashdi.

"Sancho qaytib keldimi? Yo‘q, yo‘q. E’tiborimni bu mavsumga qaratganman. Bizda qiladigan ishlar ko‘p, yaxshilashimiz kerak.

Biz o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak, keyin kelasi mavsum haqida o‘ylaymiz", - deya Amorimning so‘zlarini keltiradi United Stand.

Kiritildi: 09:49, 16.02.2025.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик