"Yuventus" g‘alabali seriyasini 4 o‘yinga yetkazdi.
Murabbiy Tyago Motta boshchiligidagi jamoa A Seriya 25-turi doirasida o‘z maydonida "Inter"ni mag‘lub etdi (1:0).
Ushbu g‘alaba turinliklar uchun ketma-ket uchta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyadan so‘ng to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi.

A Seriya turnir jadvalida "byankonerilar" 46 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda va peshqadam "Napoli"dan 10 ochko ortda qolmoqda.
19 fevral kuni "Yuventus" Chempionlar Ligasi pley-off javob bahsida PSV mehmoni bo‘ladi (birinchi o‘yin - 2:1).













