Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" 2025 yildagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda

"Barselona" 2025 yildagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" 2025 yilda hali biror marta yutqazmagan.

Xansi Flik jamoasi La Liganing 24-turida "Rayo Valyekano"ni mag‘lub etdi (1:0).

Kataloniyaliklar qatorasiga to‘rtinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Avvalroq ular "Alaves" (1:0), "Valensiya" (5:0) va "Sevilya"ni (4:1) mag‘lub etishgandi.

So‘nggi mag‘lubiyat 21 dekabr kuni "Atletiko"ga qarshi kechgandi (1:2). O‘shandan beri "blaugrana" 10 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi.

22 fevral kuni "Barselona" safarda "Las-Palmas" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 03:51, 18.02.2025.
O'qildi: 1645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик