Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Baho:
+1 | -

Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichiga o‘tish bahsi javob uchrashuvida “Real” “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv bugun, 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli sport nashrlari “Manchester Siti”ning ushbu uchrashuv uchun tanlashi mumkin bo‘lgan asosiy tarkibi borasida taxminlarini bildirdi.

Opta nashri himoyada Gvardiol, Ake, Ruben Dias, Riko Lyuis to‘rtligi o‘ynashi mumkin, deya hisoblamoqda.



Sportsmole nashri bergan taxminiy tarkibda ham Husanov kiritilmagan.

“Manchester Siti”ning ehtimoliy asosiy tarkibi:  Ederson; Nunes, Dias, Ake, Gvardiol; Gonsales; Savinyo, Silva, De Bryuyne, Marmush; Holand.

Nashrning fikricha, “Manchester Siti” ham javob o‘yini oldidan ikki karra kuchaygan himoya chizig‘idan foydalanishi mumkin. Ruben Dias ham, Neytan Ake ham mushaklaridagi zo‘riqish sababli “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi, biroq Anchelotti jamoasiga qarshi bahsda ularning maydonga qaytish imkoniyati bor.

NBC Sports nashri ham jarohat olgan Akanji o‘rniga Lyuisni tarkibga qo‘shgan.



Sportingnews nashri taxmin qilishicha, Abduqodir Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadi.

“Manchester Siti” tarkibi (4-2-3-1, o‘ngdan chapga):  Ederson (darvozabon) — Husanov, Dias, Ake, Gvardiol — Stouns, Niko — Savinyo, Foden, Marmush — Holand.

“O‘ng qanot himoyachisi borasida qaror qabul qilinishi kerak, chunki birinchi o‘yinda Manuel Akanji jarohat olgani sababli jarrohlik amaliyotidan o‘tishga majbur bo‘ldi. Riko Lyuis to‘p bilan muomala qilishda ishonchli variant bo‘lsa-da, birinchi o‘yinda Vinisius Juniorga qarshi qiynaldi. Shu sababli, Abduqodir Husanovning tajovuzkor o‘yin uslubi muqobil variant sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin”, deya tushuntirish beradi Sportingnews sayti.

Fansided nashri ham Husanovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi mumkin, deya hisoblamoqda.

“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi: Ederson, Husanov, Dias, Stouns, Ake, Lyuis, Gvardiol, Savinyo, Foden, Holand, Marmush.

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv Gvardiola shogirdlarining 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan edi. Javob o‘yini bugun, 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:00, 19.02.2025.
O'qildi: 8983 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.