Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

"Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich KXDRdan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

"Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich KXDRdan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Qizilqum" kecha yangi mavsumga tayyorgarlik davomida KXDR terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Biz Antaliyadagi yig‘in doirasida eng yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Raqib shakllangan va murakkab taktikaga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Biz ham bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik olib borgan edik. Yana bir jihatni inobatga olish kerak, Shimoliy Koreyaliklar bu yerda anchadan beri o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

- Raqibga qarshi qanday taktik ishlanmalarni maqsad qilgan edingiz?

- Bugun raqiblarga qarshi taktik ishlanmalarni ko‘rib chiqqan edik, ular bizga qarshi yanada hujumkorlik bilan to‘p tepdi. Futbolchilar esa jismonan juda baquvvatligi aniq edi. Rejaga ko‘ra, biz futbolchilarimizning jismonan qancha vaqtga chidamliligini ko‘rib olishni maqsad qilgan edik. To‘g‘ri bizda ko‘plab golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi lekin raqib jamoa o‘yin davomida to‘pga egalik qildi va bizning birgina xatoyimiz evaziga darvozamizni ishg‘ol etdi. Nazorat uchrashuvlari orqali yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayapmiz, bugungi o‘yin orqali ayrim kamchiliklarimizni ko‘rib, bilib oldik. Ularni bartaraf etishda davom etamiz. Yana qaytaraman bugun yig‘in davomidagi eng jiddiy raqib bilan kuch sinashdik va bu bahsdan o‘zimiz uchun muhim xulosalarni chiqarib oldik.

Kiritildi: 13:09, 19.02.2025.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.