“Milan” YECHL doirasida “Feyenoord”ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Biroq, "Milan"ning yangi futbolchisi Santyago Ximenesning klub uchun urgan goli Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi.
Gap shundaki, u avvalroq “Feyenoord”da o‘ynagan va tabiiyki, kuzda o‘z klubi safida Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘yinlarda o‘zini namoyon qila olgandi.
Endi u «Milan» safida gol urdi va turnir tarixida bir mavsumda ikki klub safida Chempionlar ligasida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.













