Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Ispaniya futbol federasiyasining sobiq rahbari futbolchi qizni o‘pgani uchun jazolandi

Ispaniya futbol federasiyasining sobiq rahbari futbolchi qizni o‘pgani uchun jazolandi

Baho:
+ | -

Ispaniya sudi mamlakat Futbol federasiyasining (RFEF) sobiq rahbari Luis Rubialesga futbolchi Jennifer Ermosoni uning roziligisiz o‘pganligi uchun 10,8 ming yevro miqdorida jarima belgiladi. Bu haqda Markaziy jinoiy sudning qaroriga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Sud qaroriga ko‘ra, Rubiales “o‘pish orqali jinsiy zo‘ravonlik” uchun bir yarim yil davomida kuniga 20 yevrodan jarima to‘laydi. Shuningdek, u bir yil davomida futbolchidan 200 metr uzoqlikda yurishi kerak. Rubiales ushbu hukm ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

The Guardian nashrining qayd etishicha, Rubiales qamoq jazosidan qutulib qolgan. Sud majlisida u o‘z harakatlari Ermosoning roziligi bilan amalga oshganini ta’kidlab, quyidagicha bayonot berdi:

"Men mutlaqo ishonch bilan ayta olamanki, u menga ruxsat bergan edi. Endi esa xato qilganim ayon bo‘ldi. Bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ldi. Men o‘zimni jamoa a’zosidek tutdim. Men sovuqqonroq bo‘lishim va vaziyatga rasmiyroq yondashishim kerak edi".

Nashrning yozishicha, sud shuningdek, ayblov e’lon qilingan sobiq ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Vilda, Ispaniya Futbol federasiyasining sport direktori Albert Luke va federasiyaning marketing bo‘limi rahbari Ruben Riverani oqlagan. Avvalroq tergov ular Jennifer Ermosoga bosim o‘tkazib, o‘pish “o‘zaro kelishuv” asosida bo‘lganini tan olishga majburlamoqchi bo‘lgan deb hisoblagandi.

Rubiales esa futbolchiga bosim o‘tkazmaganini va uni o‘pishga rozilik berganini ommaviy ravishda e’lon qilishga majburlamaganini ta’kidladi. U faqatgina voqea bo‘yicha birgalikda bayonot berishga ko‘ndirganini aytdi. Ermoso buni rad etgan, ammo futbol federasiyasi uning nomidan ruxsatsiz shunday bayonot e’lon qilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi jahon chempionati finalida ispaniyalik futbolchi qizlar inglizlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan keyin taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Shu paytda Rubiales milliy jamoaning g‘alabasidan xursand bo‘lib, Ermosoni quchoqlab, o‘pib olgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:51, 21.02.2025.
O'qildi: 1684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик