Bugun Liverpuldagi "Enfild" stadionida APLning 6-tur doirasida "Manchester Siti" "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
62-daqiqada "qizillar" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx maydondan chetlatildi. 65-daqiqada "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland hisobni ochdi. 68-daqiqada Jeremi Doku hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 78-daqiqada Rayan Sherki hisobni tenglashtirdi.
Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
O‘yindan so‘ng, "Manchester Siti" Premyer-liga jadvalida 18 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. "Liverpul" to‘qqiz ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
"Liverpul" - "Manchester Siti"
Gollar: 0:1 Xoland – 65', 0:2 Doku – 68', 0:3 Sherki – 78'.
Chetlatish: Gravenberx – 62 ("Liverpul")













